O`ZBEK :: ENGLISH    

         Dilnura Qodirjonova san’atimiz osmonida porlagan yulduz edi. Yuksak va jarangdor ovozi, ovozidagi ajib ehtirosi ashulaga joziba bag`ishlar, bir eshitgan kishi yana eshitsam der, ammo eshitib to`ymasdi.
         Dilnuraning vafoti qalblarni larzaga soldi... Undan yuraklarda dard va armon, va haddi adosiga yetkazib ijro etilgan mumtoz navolar qoldi. “Ey sabo”, “Munojot”, “Qurbon o`lam”, “Nasrulloyi”, “Samarqand ushshog`i”, “Farg`onacha Shahnoz”, “Feruz”, “Guluzorim”, “Bir kelib keting”... yana qay birini aytay?!..
Umid va tasalli ulkim, bu taronalar har bir o`zbek xonadonida jaranglab yashayveradi. Ular barobarida xonanda ham yashayveradi. Demak, Dilnuraga o`lim yo`q.
         Alloh uni g`ariqi rahmat, shoyistayi jannat aylasin. Quvvayi nafasini farzandlariga ato etsin. Omiyn, Rabbul olamiyn!


KIM EDI?

Do`stlar, gulshan aro gulg`uncha xandon kim edi?
Bizni mast etgan o`shal bulbul, g`azalxon kim edi?

Bilmadim aslin, namanganlikmi yo farg`onalik?
Ko`zlari jodu, ajab, zulfi parishon kim edi?

Kuylasa har gal, u xonishdin yuraklar suv bo`lib,
Nolish aylarkan, yana o`tlarga solg`on kim edi?

Gar ovozin qo`ysa, to etgaydi osmon avjiga,
Savti Ushshoqu Navo avjini olg`on kim edi?

Sahnada gar bo`lsa paydo Sarviguldåk qomati,
Poyiga gullar kelib, bir-bir yiqilg`on kim edi?

Ko`ksida dard erdi har dam, bo`ynida durdona ham,
Oshnosi ikki ul – chin birla yolg`on, kim edi?

Ul go`zal Dilnura erdi, ketdi nogoh kuydirib,
Termulib bizdek yana yo`llarda qolg`on kim edi?

O`zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol



Dilnura
Qodirjonova



DVD - "Qoshiqlardan izlang meni"
(Find me from songs)
2006



DVD - "Yor istab" 2005

CD - "Yor istab"
2004


        Singer Dilnura Qodirjonova born in Andijan. And get first musical education in Her native country.
        1995 She come to Tashknet and begin workring in "Dutar player girls ensemble". She raised Her practice on singing in the same ensemble from National artists Uzbekistan Zamira Suyunova and Abduhoshim Ismoilov.
        In 2001 year She was winner at the competition named Ma'murjon Uzoqov & Jo`rakhon Sultonov.
        In 2003 yaer was doing little Concert in Paris, get the state award premium "Nihol" at 2003. Also this year She get
        Grand prey at the festival "Sharq Taronalari" (Eastern melodies).
        At 2004 award the deserved artist of Uzbekistan.
        2004, 2005 years "The best singer of classical songs in Uzbekistan".
        In Her repertoir She has huge quantity from the Uzbek classical traditional, national songs.

 Farg'onacha shahnoz - Muqimiy's gazal, national music.
 Ishq ayladi - music of Abduhoshim Ismoilov



 

 
© Husniddin ATO,2003-2008