O`ZBEK :: ENGLISH    

KUTUBXONA

 

Domla Halim Ibodov

          Domla Halim Ibodov O`zbek va Tojik Ashula san`ati namoyondalaridan biri, Buxoro ashulachilari orasida qadimdan mavjud ijrochilik an`anasining davomchisidir. Ajoyib ashulachini faqat tug`ilgan shahri Buxorodagina emas, balki Samarqand, Toshkent, Farg`ona, Xorazm va shuningdek, Q`zbekiston va Tojikiston tumanlarida ham sevar edilar.
Domla Halim musiqani sevadigan to`quvchi--kosib oilasida tug`iladi. Halimjon bolalik vaqtlaridayoq otasi bilan gap to`kmalarga borar va ashulachi sozandalarni maroq bilan tinglar edi. Bu esa , albatta, serhavas musiqaga qobiliyatli bolaga yaxshi ta`sir etgan edi.
        Musiqaga qobiliyatli Halimjon iste`dodi mashhur xalq sozandalarining, ayniqsa Buxorolik ashulachi, tanburchi va doirachi Sharifxonning diqqatini o`ziga tortadi. Sharifxon bolani o`zi bilan musiqali kechalarga olib yura boshlaydi. Bu esa Ibodovga "Shashmaqom" turlarini o`rganishga va yirik musiqachilardan O`zbek ashula san`atining yaxshi an`analarini o`zgartirishga yordam beradi.
        Ibodov 20-yillardayoq Buxoroda tashkil etilgan musiqa maktabida ashula va xalq musiqa usullaridan dars beradi.
1928-yilda Samarqanddagi musiqa va xoreografiya ilmiy-tekshirish institutiga taklif qilinadi. Bu yerda uning ijrosida o`zbek musiqa namunalari yozib olinadi.
        Samarqandda o`zbek va tojik tinglovchilarining sevimli ijrochisi Ibodovning faoliyati keng quloch yoyadi. Domla Halim koncertlari mashhur ashulachi va dutorchi Hoji Abdulaziz Rasulov bilan birga tashkil etilardi. Hoji Abdulaziz Rasulov bilan o`zbek va tojik ashulalarini va "Shashmaqom"dan parchalarni birga ijro etar edi.
        Ashulachi 1931 yildan boshlab Tpshkent radio eshittirish komitetida ishlay boshlaydi. U Buxoro lirik ashulalari va "Shashmaqom" parchalarini, "Qashqarcha", "Mo`g`ilchaiy segoh", "Savti sarvinoz", "Iroq", "Mo`g`ilchaiy dugoh", "Nasrulloiy", "Qashqarchaiy ushshoq" va boshqalarni tez-tez ijro etib turadi.
        Ibodovning ovozi o`rta va yuqori registrda bir xilda yaxshi jaranglovchi lirik tenor edi. Qo`shnaychi Ahmadjon Umrzoqov Domla Halim g`oyat go`zal va baland tovushga ega bo`lganligini hamda bunday ashulachini boshqa hech uchratmaganligini eslatadi. "Guliston" jurnalida bosilgan maqolalardan birida "U avjiga "yuz" marta chiqqanda ham uning betide bir ozgina bo`lsa ham kuchanishni ko`rmaysiz" deb ta`kidlangan edi.
        Maqomlarning ahula bo`limida "Sovt" deb ataluvchi parchasi bo`lib, Ibodov asosan manashu sovtlarni ijro etardi va shuning uchun ham xalq uni domla Halim Sovtxon deb atardi. Ibodov tovushining nihoyatda keng diapazoni bir ashulaning o`zida bir necha katta avjni qo`llash imkonini berardi. Masalan "Bozirgoni" ashulasini uch avj bilan: "ushshoq", "zebo pari", "dugoh"lar bilan ijro etardi. U ko`p ashulalarda eng yuqori "Avji turk"ni qo`llashni yaxshi ko`rardi. Masalan "Girya qozoq" ashulasida "Turk" avjini uch marta qo`llar lekin uchovida ham turli she`r bilan: birinchisi Hofiz, ikkinchisi Hiloliy, uchinchisida esa Amiriy she`rlari bilan aytardi.
© Husniddin ATO,2003-2008