O`ZBEK :: ENGLISH    

KUTUBXONA

 
TANBUR
        Manbalarda kelishicha Tanbur so`zi - forscha yurakni tirnovchi yani tan - yurak,
bur-tirnash degan ma'noni anglatadi yoki tanbur so`zi yunoncha tanbura so`zidan paydo bo`lgan deb yoziladi Ammo bu fikrlar naqadar haqiqatligi aniq emas. Fitratning tarificha esa Tanbur O`rta Osiyo xalqlari cholg`usi-do`nbra tanburni qadimiy bir ko`rinishi ekanligini va u judayam qadimiy cholg`u ekanligi ma`lum bo`ladi. Darvish Alining yozishicha qadimda Tanbur ikki torli bolib unga keyinchalik uchinchi tor qoshilgan, shundan bolsa kerak Tanburni ba`zi kitoblarda Setor ya`ni uchta torli deb nomlanganligi ham e'tiborga loyiqdir.
        Tanbur bizning milliy cholgularimizning eng asosiysi hisoblanadi. Chunki qadimda bizning maqomlarimiz aynan Tanbur cholgusida ijro etilgan.
        Tanbur pardalarining joylashuvi maqom asarlarimizning asosi ya'ni tovush qatorini mezoni hisoblanib uning ijro imkoniyati esa ohanglarimiz talqinida betakror o`rin egallaydi.
        Tanbur tut yog`ochidan yasaladi. Kosasi (bosh qismi) nok shaklida o`yilib unga uzun dasta ornatiladi. Kosasi yupqa yog`och qopqoq bilah yopiladi Dastasiga yo`g`on ichak pardalar bog`lanib yuqori tovushlar uchun qopqog`iga xas pardalar yopishtiriladi. Pardalarining yo`g`onligi ijroda simlarni ezib maqomlarda uchrovchi mayda intervallarni ifoda etishda ota qulay va tanburga hos nola va mungli sadolanishni ta’minlashda muhim hisoblanadi. Tanburni jezdan to`rtta simi bo`ladi. 1,2,4 torlari unison 3 chisi kvarta kvinta sozlanadi, qadimda esa tanburni yana boshqa sozlash tartibi bo`lib u maqomlarga mahsus moslangan bo`lgan. Tanburni asosan katta oktavadagi fa ,sol tuvushlariga sozlanadi. Ovoz hajmi ikki yarim oktavaga yaqin.
Tanbur o`ng qo`lning ko`rsatgich barmog`iga mahsus temir nohun kiyib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun hizmat qiladi. Maqom ijrochiligida Tanbur yakka holda kuy yo`llarini ijro etishda, yoki, hofizlarning qo`llarida yetakchi cholg`u sifatida keng qo`llanilib kelingan.
        Tanbur sozi tarixda uch xil sozlangan, ya’ni Rost maqomida 3 chi simi kvinta past qilingan Buzruk, Dugoh, Iroqda kvarta past, Navo va Segohda sekunda pasaytirib sozlangan. Hozirda esa Tanbur asosan kvarta, ba`zan kvinta qilib sozlanadi. Tanbur asosan maqom yo`lidagi asarlarni ijro etishga mo`ljallangan cholgu sozi hisoblanadi.
 


 
 
© Husniddin ATO,2003-2008