«An’analarni davom ettirgan holda…»
musiqiy
loyihalar menejmenti
seminar-treningi
24-25 noyabr, 2012 yil, Toshkent
Gyote-institutining
Toshkentdagi vakolatxonasi, Germaniyaning
Alba Kultur
tashkiloti va
MumtozMusiqa.Uz internet loyihasi hamkorlikda
Gyote-institutining “madaniyat va rivojlanish”
tashabbusi asosidagi „Sharqiy Evropa, Markaziy
Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasidagi madaniyat
sohasi menejerlari salohiyat markazi“ loyihasi
doirasida tashkillashtirilayotgan «An’analarni
davom ettirgan holda…» nomli “musiqiy loyihalar
menejmenti” seminar treningini e’lon qiladi.
Ushbu loyiha, O`zbekistonda milliy musiqa
sohasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarga
musiqa menejmenti borasida ma’lumot berish,
sohadagi muhim jihatlar va zamonaviy tajriba
bilan tanishtirish, ishtirokchilarning o`z
shaxsiy loyihalarini ishlab chiqish va boshqarishlariga
ko`maklashish maqsadida tashkillashtirilgan.
|
|
Seminar
ishtirokchilari:
• O`zbekiston hududidagi milliy musiqiy
an’analarini saqlash;
• milliy musiqa an’analarini kelajak avlodga
etkazishning zamonaviy usullari;
• jamiyatdagi milliy musiqa muhitini yanada
rivojlantirish;
• O`zbekiston milliy musiqa merosini jahon
sahnalarida munosib namoyish etish;
• mahalliy va xalqaro musiqiy hamkorlik
loyihalarini ishlab chiqish;
• mahalliy musiqa festivallarini tashkil
etish; kabi
sohaga doir yana bir qancha muhim masalalarda
jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga
ega bo`ladilar.
Shu bilan birgalikda, trening ishtirokchilari
dastur davomida o`zlari rejalashtirayotgan
loyihalar ustida ish olib borish, kerakli
ko`rsatmalar olishlari ham mumkin. |
Photo:
© ZAK / Felix Grunschloss
|
Seminar
treningga
Toshkent shahri,
Farg`ona,
Buxoro,
Samarqand,
Qashqadaryo,
Surxondaryo,
Xorazm viloyati va
Qoraqalpog`iston Respublikasidan
musiqa sohasida faoliyat olib borayotgan yosh
mutaxassislar, shuningdek musiqa va san’at
oliygohlarining yuqori bosqichlarida tahsil
olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Seminar trening 2012 yil, 24-25-noyabr kunlari
Toshkentda bo`lib o`tadi. Trening o`zbek tilida
olib boriladi.
Viloyatlardan tanlab olingan ishtirokchilarning
Toshkent shahriga kelib-ketish sarf xarajatlari
loyiha tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.
Toshkent shahrida yashash masalasini esa ishtirokchilar
o`zlari hal qilishlari lozim.
Seminar
treningda ishtirok etish istagida bo`lganlar
seminar
so`rovnomasini to`ldirgan holda 2012 yilning
17-noyabr sanasiga qadar info@mumtozmusiqa.uz
manziliga jo`natishlari lozim.